Olma

Olmada serhosillikka ta'sir qiluvchi eng muhim omillar!

Shuhrat Abrorov2 daqiqalik o'qish
Mundarija
  1. Pakana payvandtaglar.
  2. Solkashlikka kam moyillik.
  3. Yon kurtaklarda hosil tugish.
  4. Spurlarda hosil berish xususiyati.
  5. Kasalliklarga chidamlilik.

Pakana payvandtaglar.

Mohiyati:

  • M.9 yoki Geneva (G.11, G.41) kabi pakana payvandtaglarda o'stirish. Bu daraxtning behuda yog'och o'sishini to'xtatib, 2–3-yildayoq tijoriy hosilga kirishini va daraxt hajmiga nisbatan maksimal hosil samaradorligini ta'minlaydi.

Misol:

  • Devil Gala va Pink Lady Rosy Glow pakana payvandtaglarda yuqori mahsuldorlik ko'rsatadi.

Solkashlikka kam moyillik.

Mohiyati:

  • Meva urug'lari ishlab chiqaradigan gibberellin gormoni keyingi yil uchun gul kurtaklarining shakllanishini (differensiatsiyasini) to'xtatadi. Serhosil navlar bu gormonal bosimga kamroq ta'sirlanadi va yuqori hosildorlikda ham kelgusi yilga yetarlicha gul kurtagi paydo qila oladi.

Misol:

  • Granny Smith va Rosy Glow har yili bir tekis hosil beradi. Galada ham chalinish kam. Golden o'rtacha chalinadi. Fuji, Starkrimson va Semerenko kuchli solkashlikka chalinadi).

Yon kurtaklarda hosil tugish.

Mohiyati:

  • Olmada nok kabi partenokarpiya (urug'siz meva tugish) deyarli bo'lmaydi. Shuning uchun serhosil navlarda changning yashovchanligi yuqori bo'ladi va ular nafaqat ko'p yillik spurlarda, balki 1 yillik novdalarning yon kurtaklarida ham meva tugib, hosildorlikni oshiradi. To'pguldagi markaziy gulning mustahkamligi esa yirik va sifatli mevani kafolatlaydi.

Misol:

  • Gala, Golden, Rosy Glow, Dalinette, Granny Smith.

Spurlarda hosil berish xususiyati.

Mohiyati:

  • Mevani asosan 2 va undan katta yoshdagi kalta hosil novdalarida (shpor va kolchatkalarda) tugish xususiyati. Bunday navlar shox bo'ylab juda zich gul to'plamlari hosil qiladi va bu hosildor shoxlar ko'p yillar davomida kuchini yo'qotmaydi.

Misol:

  • Gala, Rosy Glow va boshqalar.

Kasalliklarga chidamlilik.

Mohiyati:

  • Olma qo'tiri (parsha — Venturia inaequalis), bakterial kuyish (Erwinia amylovora) va un-shudringga qarshi genetik immunitet (masalan, Vf geni). Kasallikka chidamli navlarda barglar sog'lom saqlaydi; bu esa fotosintezni maksimal darajada ushlab, meva hajmi va kelasi yil kurtaklarining to'liq oziqlanishini ta'minlaydi.

Misol:

  • Dalinette, Story Inored, Liberty, Topaz.

Shuhrat Abrorov

2026 yil.

Boshqa maqolalar

Tuproq

Tuproq analizi uchun namuna olish tartibi

Yangi bog' yoki mavjud bog' uchun tuproq analiziga namuna tayyorlash. Namuna qancha to'g'ri olinsa, tavsiya shuncha aniq bo'ladi.

Shuhrat Abrorov4 daqiqalik o'qish

Bog'ingiz uchun ko'chat tanlamoqchimisiz?

Navlar katalogi bilan tanishing yoki mutaxassislardan bepul maslahat oling.