Gilos

Gilosda serhosillikka ta'sir qiluvchi eng muhim omillar!

Shuhrat Abrorov2 daqiqalik o'qish
Mundarija
  1. O'zini changlatish qobiliyati (Avtofertillik).
  2. Yarim pakana payvandtaglar.
  3. Mevalarning yomg'irdan yorilishiga chidamliligi.
  4. Spurlarda hosil tugish zichligi.

O'zini changlatish qobiliyati (Avtofertillik).

Mohiyati:

  • Ko'pchilik an'anaviy gilos navlari chetdan changlanishni talab qiladi (steril bo'ladi). Bahorda ob-havo sovuq yoki yomg'irli kelib, asalarilar uchmagan vaqtda chetdan changlanuvchi navlar hosil tugmaydi. O'zini changlatuvchi navlar esa har qanday ob-havoda ham mustaqil ravishda yuqori foizli meva hosil qiladi.

Misol:

  • Royal Tioga, Sweet Aryana, Red Pacific, Lapins, Skeena, Sweetheart, Staccato.

Yarim pakana payvandtaglar.

Mohiyati:

  • Daraxtlarni yarim pakana (Krymsk 6) va tez hosilga kiritadigan (Krymsk 5 yoki VSL-2) payvandtaglarida o'stirish. Bu daraxtning behuda baland bo'lib ketishini va shox o'sishini jilovlaydi, ekilgandan keyin 3-4 yildayoq hosilga kirishini ta'minlaydi va barcha kuchni hosil sifatiga yo'naltiradi.

Mevalarning yomg'irdan yorilishiga chidamliligi.

Mohiyati:

  • Pishish davrida yoqqan yomg'ir mevalarning yorilib ketishiga va monilioz (meva chirishi) sababli hosilning nobud bo'lishiga olib keladi. Terisi elastik va yorilishga genetik chidamli navlar hosilning tovar ko'rinishini to'liq saqlab qoladi.

Misol:

  • Royal Tioga, Red Pacific, Black Pearl va SPS 342 (yorilishga yuqori chidamli); Lapins va Skeena (o'rtacha chidamli).

Spurlarda hosil tugish zichligi.

Mohiyati:

  • Mevani asosan ikki va undan katta yoshdagi kalta guldasta shoxchalarida (spurlarda) zich hosil qilish xususiyati. Mahsuldor navlarda guldasta shoxchalari novda bo'ylab siyrak bo'lmay, bir-biriga juda yaqin va ko'p miqdorda joylashadi hamda 4–5 yil davomida kuchli hosil berish qobiliyatini saqlab turadi.

Misol:

  • Royal Tioga, Nimba, Sweet Aryana, Sweet Lorenz, Sweet Gabriel, Giant Red, Red Pacific, Black Pearl, Royal Bailey, Lapins, Skeena, Sweetheart, Staccato va boshqalar.

Shuhrat Abrorov

2026 yil.

Boshqa maqolalar

Tuproq

Tuproq analizi uchun namuna olish tartibi

Yangi bog' yoki mavjud bog' uchun tuproq analiziga namuna tayyorlash. Namuna qancha to'g'ri olinsa, tavsiya shuncha aniq bo'ladi.

Shuhrat Abrorov4 daqiqalik o'qish

Bog'ingiz uchun ko'chat tanlamoqchimisiz?

Navlar katalogi bilan tanishing yoki mutaxassislardan bepul maslahat oling.