2002 yildan buyon ishonchli sherik

Biz haqimizda

Parkent Plants — Norchontol fermer xo'jaligining savdo nomi. 2002-yildan buyon Toshkent viloyatida mevali ko'chat yetishtiramiz: bugun ikkita zamonaviy ko'chatzorda — jami 87 gektar maydonda — yiliga 500 000 dan ortiq ko'chat, 11 meva turida 135+ sinalgan nav ishlab chiqariladi. Mahsulotlarimiz O'zbekiston bo'ylab sotiladi va Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Qozog'istonga eksport qilinadi.

Raqamlarda biz

23+

Yil tajriba

2002 yildan buyon uzluksiz faoliyat

500 000+

Ko'chat yiliga

11 meva turida sanoat miqyosida

135+

Sinalgan nav

Har biri 4-5 yil sinovdan o'tkazilgan

87

Gektar maydon

Parkent (23 ga) + Yuqori Chirchiq (64 ga)

Shuhrat Abrorov

Shuhrat Abrorov

Ta'sischi va Bosh direktor · 23 yil tajriba

Asoschi va 23 yillik tajriba
Ilimsiz qilingan bog'da kelajak yo'q.

Shuhrat aka 2002 yildan Norchontol fermer xo'jaligini boshqaradi. AQSh Kaliforniyadagi zamonaviy bog'larda malaka oshirib, har yili 100+ navni o'z ko'chatzorida sinab eng yaxshilarini tavsiya qiladi. 2017-yildan Ispaniyalik selektsiyachilar bilan hamkorlikda mintaqamiz uchun yangi shaftoli, gilos va bodom navlarini olib keldi.

Nega bizni tanlashadi

100% nav va pivandtag kafolati

Aralash chiqsa ko'chat puli to'liq qaytariladi yoki bepul payvandlab beriladi. Barcha ko'chatlar fitosanitar tekshiruvdan o'tgan, davlat reestrida.

87 gektar — sanoat miqyosi

Yiliga 500 000+ ko'chat. 3 000 dan ortiq buyurtmaga bepul yetkazib berish, eksport (Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Qozog'iston).

4–5 yil sinalgan navlar

Har bir nav iqlimimizda kamida 4 yil kuzatiladi. AQSh va Ispaniyadan keltirilgan navlar mahalliy ona-bog'larda sinaladi.

1 yil bepul agronomik maslahat

Yer tayyorlash, sug'orish, o'g'itlash, shakl berish — birinchi hosilgacha. Shuhrat aka bilan bepul onlayn maslahat olish imkoniyati.

Ikkita zamonaviy ko'chatzor

Toshkent viloyatida joylashgan ikki ko'chatzor — har biri o'z ixtisoslashuvi va muhandislik tizimiga ega.

Asosiy bo'lim · 2002

Parkent ko'chatzori

Toshkent viloyati, Parkent tumani, Boyqozon mahallasi

Maydon
23 ga
Yillik quvvati
200 000+ ko'chat
Ixtisos
Olma, olcha, o'rik, ona-bog'lar

Bosh ishlab chiqarish punkti — 2002-yildan, ona-bog'lar va laboratoriya shu yerda. Tomchilatib sug'orish, klon pivandtag yetishtirish.

2-filial · 2020

Yuqori Chirchiq ko'chatzori

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Politaddel

Maydon
64 ga
Yillik quvvati
300 000+ ko'chat
Ixtisos
Shaftoli, nok, gilos, bodom, uzum

2020-yilda ishga tushirildi — eng yirik maydoni, eksport navlari va keng miqyosli ishlab chiqarish uchun. Ispaniyalik selektsiyachilar bilan hamkorlikda yangi sinovlar.

Loyihangiz haqida gaplashaylik

B2B hamkorlik, yirik buyurtma yoki professional maslahat uchun biz bilan bog'laning.