Devil Gala olma ko'chati

Olma bozorida hammadan 1 oy oldin pul ishlashni xohlaysizmi?

Gala navlari uzoq turmaydi, tez yumshab qoladi degan gaplarni unuting! Devil Gala — bugun bozorda butunlay boshqacha qoidalar bilan o'ynayotgan, Galaning eng qizil navi. Parkent Plants — sinalgan mevali ko'chatlar.

Devil Gala olmalari shoxda

Bu nav kimga kerak?

Mijozlar

To'q qizil, xushbo'y va shirin olma. Rastada birinchi bo'lib ko'zga tashlanadi.

Sotuvchilar

Bozorga hammadan 1 oy oldin chiqadi. 5–6 oygacha saqlanadi, Gala kabi tez yumshab qolmaydi.

Yetishtiruvchilar

2 yildan hosilga kiradi, gektaridan 40–45 tonna, har yili barqaror hosil.

Nav xususiyatlari

Nomi
Devil Gala (Galaning eng qizili)
Pishish vaqti
Iyul–avgust (hududga qarab)
Kalibri
65–75 mm
Meva og'irligi
160–180 g
Payvandtag
M9
Hosilga kirishi
2 yildan
O'sishi
O'rtacha-kuchli
Maksimal hosildorlik
40–45 tonna (gektariga)
Saqlanishi
5–6 oy
Changlanishi
Changlatuvchi ekilishi kerak (Golden Delicious, Granny Smith, Fuji)
Devil Gala olma shingili

Ustunliklari

  • Erta rang oladi — to'q qizil, ultra-intensiv rang
  • Aromati va shakari baland
  • Bozorga birinchi bo'lib chiqadi
  • Solkashlikka (yil oralab hosil berishga) kam chalinadi
  • Har yili barqaror hosil beradi

Muhim izoh

Quyosh urishi xavfi bor — bu mevaning narxiga ta'sir qiladi, setka (soya to'ri) qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, mevalarni majburiy siyraklatish tavsiya qilinadi.

Devil Gala olmalari ko'k osmon fonida

Ko'p beriladigan savollar

Devil Gala qachon pishadi?▼

Iyul–avgustda, hududga qarab. Shu sababli bozorga boshqa navlardan oldin chiqadi.

Gala tez yumshab qolmaydimi?▼

Devil Gala to'g'ri sharoitda 5–6 oygacha saqlanadi.

Changlatuvchi kerakmi?▼

Ha. Yonida Golden Delicious, Granny Smith yoki Fuji ekilishi kerak.

Quyosh urishidan qanday himoya qilinadi?▼

Bog' ustiga setka (soya to'ri) tortish tavsiya etiladi. Bu meva sifatini va narxini saqlaydi.

B2B so'rov

Devil Gala ko'chatiga so'rov qoldiring

Forma to'ldiring — bir ish kuni ichida menejerimiz qo'ng'iroq qilib, narx va hujjatlar bo'yicha aniqlik kiritadi.

Qiziqayotgan meva turlari

Bir nechta turini tanlash mumkin

Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi. Faqat ushbu so'rov bo'yicha aloqa uchun ishlatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar