OAVda biz haqimizda
Parkent Plants — Norchontol fermer xo'jaligining brendi (STIR 203 992 341). 2002-yildan beri Toshkent viloyatida mevali daraxt ko'chatlarini yetishtiramiz. Avvalgi yillardagi maqolalarda xo'jaligimiz "Norchontol" nomi bilan tilga olingan.
Kun.uz, 2021-yil 31-dekabr
«Bularni qilmay turib, yuqori natijaga erisholmaymiz». Xo'jalik asoschilari Shuhrat Abrorov va Abdulaziz Abduyunusov O'zbekistonda ko'chatchilikni rivojlantirish bo'yicha takliflar bildirgan.
EastFruit, 2020-yil 18-mart
Tojikistondagi "Vahdat milliy bog'i"da Shuhrat Abrorov Norchontol ko'chatzorida yetishtirilgan sertifikatlangan ko'chatlarni tojik bog'bonlarga taqdim etgan.
Kun.uz, 2018-yil 1-sentabr
Agro House, Norchontol va Eco Drip Lux hamkorligida intensiv bog'dorchilik seminari o'tkazilgan; fransiyalik konsultant Fabien Martel bilan birga Shuhrat Abrorov ma'ruza qilgan.
Kun.uz, 2024-yil 19-dekabr
Shuhrat Abrorov bog'larda tomchilatib sug'orish nima uchun sekin joriy qilinayotganini tahlil qilgan.
Tree Fruit (Avstraliya)
Shuhrat Abrorov USAID AgLinks loyihasi doirasida Avstraliyadagi gilos bog'larida tajriba almashgan.
Eslatma: "Norchontol Niholi" fermer xo'jaligi Parkent Plants'ga aloqador emas.
