O'rik

O'rikda serhosillikka ta'sir qiluvchi eng muhim omillar!

Shuhrat Abrorov2 daqiqalik o'qish
Mundarija
  1. Kech gullash muddati va bahorgi sovuqqa chidamlilik.
  2. O'zini changlatish qobiliyati.
  3. Sharka virusiga (PPV) genetik chidamlilik va immunitet.
  4. Spurlarda va 1 yillik novdalarda hosil tugishi.
  5. Zamonaviy payvandtaglarda yetishtirish.

Kech gullash muddati va bahorgi sovuqqa chidamlilik.

Mohiyati:

  • O'rik mevali daraxtlar orasida eng erta gullaydiganlaridan biri bo'lgani sababli, hosilning saqlanib qolishini belgilovchi 1-raqamli omil bahorgi sovuqlardan omon chiqishdir. Kech gullaydigan yoki gul kurtaklari past haroratga chidamli navlar har yili muntazam hosil beradi.

Misol:

  • Lido, Delicot, Ladycot, Flopria, Mediabel va Orangered.

O'zini changlatish qobiliyati.

Mohiyati:

  • Bahorda ob-havo salqin, shamolli yoki yomg'irli kelganda asalarilar faol uchmaydi. Chetdan changlanuvchi navlar bunday sharoitda hosil tugmaydi, o'zini changlatuvchi navlar esa chetdan changlovchi talab qilmasdan, mustaqil ravishda yuqori foizli hosil qiladi.

Misol:

  • Prialina, Lido, Delicot, Ladycot, Flopria, Mediabel.

Sharka virusiga (PPV) genetik chidamlilik va immunitet.

Mohiyati:

  • Sharka (olxo'ri chechagi) — daraxtlarni davolab bo'lmaydigan xavfli virus bo'lib, mevalarning deformatsiyasiga, sifatsiz bo'lib to'kilib ketishiga va daraxtning butunlay ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Sharka virusiga genetik immuniteti bor navlar virus tarqalgan hududlarda ham sog'lom o'sib, tovar hosilni to'liq saqlab qoladi.

Misol:

  • Prialina, Flopria, Rougecot, Orangered, Bolero, Medibel va Rubely.

Spurlarda va 1 yillik novdalarda hosil tugishi.

Mohiyati:

  • O'rik mevani ham 1 yillik kuchli novdalarda, ham 2–3 yillik kalta shoxchalarida (spurlarda) tugadi. Mahsuldor navlarda spur shoxchalari shox bo'ylab siyraklashib ketmay, ko'p yillar davomida o'z mahsuldorligini saqlaydi va daraxt ichini yalang'ochlab qo'ymaydi.

Misol:

  • Lido, Delicot, Ladycot, Flopria, Mediabel va Orangered.

Zamonaviy payvandtaglarda yetishtirish.

Mohiyati:

  • Daraxtning behuda baland bo'lib o'sib ketishini jilovlab, barcha quyosh va ozuqa kuchini mevalarni to'liq kattalashtirish va rang olishga yo'naltiradi. Karbonatli (ohakli) tuproqlarda temir xloroziga chalinmaydi; natijada sog'lom yashil barg fotosintezni susaytirmasdan har yili muntazam hosil beradi. O'rik navlari bilan birikishi yaxshi bo'lgani sababli payvand joyida sinish yoki ozuqa oqimining to'silib qolishi kuzatilmaydi.

Misol:

  • Mirared va Myrobalan 29C.

Shuhrat Abrorov

2026 yil.

Boshqa maqolalar

Tuproq

Tuproq analizi uchun namuna olish tartibi

Yangi bog' yoki mavjud bog' uchun tuproq analiziga namuna tayyorlash. Namuna qancha to'g'ri olinsa, tavsiya shuncha aniq bo'ladi.

Shuhrat Abrorov4 daqiqalik o'qish

Bog'ingiz uchun ko'chat tanlamoqchimisiz?

Navlar katalogi bilan tanishing yoki mutaxassislardan bepul maslahat oling.