Black Splendor olxo'ri ko'chati

Nima uchun bu qora go'shtli olxo'rining narxi har yili baland bo'lyapti?

Raqobat. Bozorda pishgan paytida to'q qora, ichi qizil va yirik bo'ladigan olxo'rilar soni kam. Black Splendor — sifati va ta'mini uzoqroq saqlab turadigan navlardan biri, to'y-hashamlar va turli marosimlarda eng ko'zga tashlanadigan, talabgor nav. Parkent Plants — sinalgan mevali ko'chatlar.

Black Splendor olxo'rilari shoxda

Bu nav kimga kerak?

Mijozlar

To'q qora, ichi qizil, yirik va sergo'sht olxo'ri. To'y va marosim dasturxonida eng ko'zga tashlanadigan meva.

Sotuvchilar

Bozorda bunday olxo'ri kam — raqobat past. Sifati va ta'mi uzoqroq saqlanadi: maxsus muzlatkichda 3–4 hafta.

Yetishtiruvchilar

2–3 yildan hosilga kiradi, gektaridan 25+ tonna. Bozorga erta va yirik kalibr bilan chiqadi.

Nav xususiyatlari

Nomi
Black Splendor (qora, go'shtli olxo'ri)
Pishish vaqti
15-iyul (hududga qarab)
Kalibri
65–70 mm (klon payvandtagda)
Meva og'irligi
160–180 g
Shakar (Brix)
14–17%
Payvandtag
Mirobalan 29C
Hosilga kirishi
2–3 yildan
O'sishi
Kuchli
Maksimal hosildorlik
25+ tonna (gektariga)
Saqlanishi
3–4 hafta (maxsus muzlatkichda)
Changlanishi
Changlatuvchi ekilishi kerak (Santa Rosa, Pioneer, Shiro yoki Satsuma)
Black Splendor — butun va kesilgan mevalar

Ustunliklari

  • Qora, yirik, ichi qizil va sergo'sht
  • Shakari va aromati o'ta zo'r
  • Bozorga erta va yirik kalibr bilan chiqadi
  • Har yili barqaror hosil beradi
  • Mirobalan 29C payvandtagi nematoda va ildiz chirish kasalliklariga chidamli

Muhim izoh

Har yili barqaror hosil olish uchun 2 ta changlatuvchi nav to'g'ri sxemada ekilishi va bog'ga ari olib kirilishi kerak.

Black Splendor olxo'risi kesilgan — ichi qizil
Black Splendor olxo'risi bozor savatida
Black Splendor olxo'rilari do'kon rastasida

Ko'p beriladigan savollar

Black Splendor qachon pishadi?▼

15-iyul atrofida, hududga qarab. Bozorga erta va yirik kalibr bilan chiqadi.

Changlatuvchi kerakmi?▼

Ha. Santa Rosa, Pioneer, Shiro yoki Satsuma ekilishi kerak. Barqaror hosil uchun 2 ta changlatuvchi nav to'g'ri sxemada ekiladi va bog'ga ari olib kiriladi.

Eski bog' o'rniga ekish mumkinmi?▼

Ha. Eski bog'lar o'rniga qayta bog' qilish uchun Mirobalan 29C eng zo'r tanlov: bu payvandtagdagi ko'chatlar nematoda va ildiz chirish kasalliklariga chidamli.

Meva qancha saqlanadi?▼

Maxsus muzlatkichda 3–4 hafta.

B2B so'rov

Black Splendor ko'chatiga so'rov qoldiring

Forma to'ldiring — bir ish kuni ichida menejerimiz qo'ng'iroq qilib, narx va hujjatlar bo'yicha aniqlik kiritadi.

Qiziqayotgan meva turlari

Bir nechta turini tanlash mumkin

Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi. Faqat ushbu so'rov bo'yicha aloqa uchun ishlatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar